Y u k l a n m o q d a
Termiz shahri I.Karimov 175/1
SMM

Termizlik SMM menejerlarga 3 muhim tavsiyam!

1. Marketing juda keng soha, bu fanning har bir sohasida eng kuchlilardan bo'la olmaysiz. Shuning uchun aniq bir sohasini tanlab oling va o'sha qismda ko'proq vaqt o'tkazing.

Masalan: Raqamli marketolog yoki kreativ kontentlar tayyorlaydigan mutaxassis.

2. O'zingiz uchun tanlab olgan sohangizda (kreativ yoki raqamlar ...) eng top mutaxassisni toping va unga shogirdlikka tushing. 

Nazariya muhim, lekin ustoz tanlab olib birga ishlasangiz, amaliyotda ko'p tajriba olasiz.

3. Biznesni boshqa bo'limlarini (moliya, sotuv, menejment ...) ham tushunishga harakat qiling. Faqat marketingni bilishingiz, raqobatdosh bozorda ko'p ham ustunlik bermaydi. 

Mijozingizni (biznesni) ich-ichidan tushunishga, biznesni puli qayerda, qanday bo'limlar bor, qanday xarajatlar bor va shu kabi ma'lumotlarga ega bo'lishga harakat qiling.

Maqola foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang!