Surxondaryoda hali MARKETING yo‘q!
Quyida London Marketing Instituti (Chartered Institute of Marketing – CIM) tomonidan berilgan marketing ta’rifini keltiraman va shu asosda yuqoridagi sarlavhani izohlab beraman.
Marketing — bu iste’molchilar talabini aniqlab, uni foydali va samarali tarzda qondirishni ta’minlaydigan boshqaruv jarayonidir.
Bu ta’rif bir qarashda oddiy tuyulishi mumkin, lekin u marketingning eng muhim 3ta tarkibiy qismini aniq ochib beradi:
1. “Iste’molchilar talabini aniqlab”
Bu bozorni chuqur o‘rganish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, mijozlarni tushunish (CustDev, CJM), raqobatchilar va trendlarni tahlil qilish degani.
2. “Foydali va samarali tarzda qondirish”
Bu esa marketing strategiyasi va taktikalarini ishlab chiqish demakdir. Ya’ni, aniq “B nuqta”ni belgilash va biznesni shu nuqtaga olib boradigan rejalashtirilgan harakatlar tizimi.
3. “Qondirishni ta’minlaydigan boshqaruv jarayoni”
Bu marketing kommunikatsiyalarini o‘z ichiga oladi: SMM, kontent marketing, reklama, PR va boshqa tashqi-ichki kommunikatsiya vositalari.
Achinarlisi, bizni bozordagi mutaxassislarni deyarli hammasi faqatgina marketing kommunikatsiyalari bilan band.
Ochig’i, hozir Surxondaryoda bu 3ta muhim jarayonlarni birdek tushuna oladigan va biznesga qo’llay oladigan 2-3ta mutaxassisni sanab ber deyishsa o’ylanib qolaman.
Asosiysi bozor va mutaxassislar doimiy rivojlanib boryapti, katta o'zgarishlar hali oldinda.