Kontent yaratishda biz qanday ketma-ketlikdan foydalanamiz?
1️⃣ Muammo yoki xabar aniq bo‘lishi kerak – Kontent orqali qanday muammoni hal qilamiz yoki qanday xabar yetkazamiz?
(Target auditoriya ham aniqlanishi lozim)
2️⃣ Yechim va kontent g‘oyasi – Qanday usul bilan bu muammoga yechim topamiz? Qanday kreativ yondashuv ishlatiladi?
3️⃣ Formatni aniqlash – Kontent qanday bo‘ladi? Video, karusel post, maqola yoki story? (Har bir format uchun yondashuv boshqacha bo‘ladi)
4️⃣ Kontent rejasi (Rubrika) – Bu bitta post yoki butun kontent seriyasi bo‘ladimi? Qaysi tarmoqlarga mos ravishda yondashamiz?
5️⃣ Kuchli ssenariy yaratish – Ssenariy faqat soddalik emas, balki emotsional va vizual jozibadorlik ham bo‘lishi kerak.
(Hook – Attention – Interest – Desire – Action modeliga asoslanish tavsiya qilinadi)
6️⃣ Vizual va texnik tayyorgarlik – Videolar va suratlar uchun kerakli rekvizitlar, yoritish, kamera, mikrofonlar tayyorlanishi lozim.
7️⃣ Syomka jarayoni – Eng muhim bosqich! Kontent sifati aynan shu yerda hal qilinadi.
Qaysi rakurslar, qanday ovoz yozish, qanday nur va fondan foydalanish kerak?
8️⃣ Montaj va kreativ qo‘shimchalar – Videoga grafika, ovoz effektlari, matnlar, subtitrlar qo‘shish zarur.
(TikTok, Instagram va YouTube’ning eng yaxshi amaliyotlarini hisobga olish)
9️⃣ Har bir platforma uchun moslashtirish – YouTube uchun uzunroq maqola, Instagram uchun qisqa caption, TikTok uchun kreativ montaj talab qilinishi mumkin.
???? Postni yuklash va optimizatsiya qilish – Cover rasmi, SEO uchun sarlavha, hashtaglar, video preview ham muhim rol o‘ynaydi.
1️⃣1️⃣ Engagement va Call to Action (CTA) – Foydalanuvchilarni post bilan o‘zaro aloqaga kirishga undash (Savollar, ovoz berish, fikr bildirishga chorlash)
1️⃣2️⃣ Natijalarni tahlil qilish va yaxshilash – Analitika va performance review qilish lozim.
Eng yaxshi ishlagan postlardan saboq chiqarish va keyingi kontent rejasini optimallashtirish.
Deep - Termizdagi birinchi va eng tajribali marketing agentlik!