Y u k l a n m o q d a
Termiz shahri I.Karimov 175/1

Surxondaryo marketing bozorida qancha pul bor?

Bu savolga aniq javob berish uchun bizga bir qancha ma’lumotlar kerak bo‘ladi, hozir bu ma’lumotlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.

1. Marketing xizmatlari uchun kimlar pul to‘lashga tayyor va ular soni qancha?

2. Marketing xizmatlari uchun o‘rtacha to‘lov summasi (chek) qancha?

1-savolga javob:

Marketing xizmatlari uchun to‘lov qilishga tayyorlar (mijozlar) kimlar ekanligini aniqlashimiz kerak. Albatta ular kichik, o‘rta va katta bizneslar.

Shaxsiy fikrim: Davlat korxonalari yoki shaxslar ham bo‘lishi mumkin, lekin ularning soni hali juda kam.

Keyingi qadamda, biz Surxondaryoda nechta bizneslar borligini aniqlashimiz kerak. Buni aniqlash uchun statistika saytlar, davlat hisobotlari, analitik korxonalar yoki shaxslar xulosalari va shu kabi ma’lumot manbalaridan foydalanishimiz kerak.

surxonstat.uz rasmiy statistika sayti ma’lumotlariga ko‘ra (2025-yil, yanvar) Surxondaryoda +30 mingta korxonalar Davlat ro‘yxatidan o‘tgan. 

Chalg‘itadigan bosqichlar:

1. Ro‘yxatdan o‘tgan bizneslarni nechtasi hozirgi kunda aktiv ekanligini aniqlash shart. 

Aynan shu saytning ma’lumotlariga ko‘ra, ularning +20 mingtasi hozirgi kunda aktiv faoliyat yuritmoqda.

Shaxsiy fikrim: Viloyatda aktiv bizneslar soni nisbatan kamroq 15 000 atrofida bo‘lsa kerak.

2. Mavjud 20 000 bizneslarning hammasi ham, hali marketing xizmatidan foydalanishmaydi (marketing kerakligini bilishmaydi yoki hali budjeti yetarli emas)

Afsuski mavjud bizneslarni necha foizi marketing xizmatlaridan foydalanishi haqida ma’lumot bera oladigan manba yoq. Bu kabi holatlarda aynan shu bozorda (viloyatda) faoliyat yuritadigan biznes/marketing mutaxassislarini farazlariga tayanamiz.

Qo‘shimcha manbalar: 

Deep marketing agentligimiz Surxondaryo bozorida +3 yildan beri ishlab keladi va biz aynan viloyatimiz bizneslariga xizmat ko‘rsatadigan loyihaga ham marketing xizmatini ko‘rsatganmiz.

Viloyat marketing bozoridagi +3 yillik tajribamiz va bir qancha biznes egalari, biznes loyihalar ma’lumotlaridan kelib chiqib, mavjud bizneslarni 3 %i media-marketing xizmatlaridan foydalanadi degan to‘xtamga keldik.

20 000 * 3% = 600 ya’ni Surxondaryoda 600ta bizneslar marketing xizmatlaridan foydalanadi.

Shaxsiy fikrim: 10 000 * 3% = 300

2-savolga javob: 

Marketing xizmatlari uchun o‘rtacha to‘lov summasi (chek) qancha?

Afsuski, bu kabi ma’lumot bera oladigan manba ham mavjud emas, demak yana bozordagi mutaxassislar xulosalariga tayanamiz.

Qo‘shimcha manbalar: 

Marketing agentligimizdagi tajriba, tanish biznes egalari xulosalari, bozordagi media-marketing mutaxassislari cheklarini o‘rganish.

Shu ma’lumotlardan kelib chiqib media-marketing xizmatlari uchun, Surxondaryodagi o‘rtacha xizmat narxi (chek) 3 500 000 so‘m deb oldik.

Bunda, nisbatan qimmatroq summa evaziga xizmat qiladiganlar va hali yangi mutaxassislar xizmat narxlarini ham hisobga oldik.

Yakuniy xulosalar:

20 000 (aktiv bizneslar soni) * 3% (marketing xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘lganlar foizi) = 600 (marketing xizmatlaridan foydalanadigan bizneslar soni) * 3 500 000 (o‘rtacha chek) = 2 100 000 000 usz = 162 000 usd (oyiga).

Shaxsiy fikrim:

10 000 (aktiv bizneslar soni) * 3% (marketing xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘lganlar foizi) = 300 (marketing xizmatlaridan foydalanadigan bizneslar soni) * 3 500 000 (o‘rtacha chek) = 1 050 000 000 usz = +81 000 usd (oyiga).