Noldan, oyiga +10 000$ doimiy sotuvlargacha!
Kirish:
Loyiha 1.04.2024 sanasidan, 1.02.2025 sanasigacha davom etgan, ushbu loyiha davomida biz (Deepmarketing jamoasi) Termiz shahridagi retail yo‘nalishidagi yirik biznes bilan ishladik. Mijoz bilan kelishuvimiz borligi sabali aynan qaysi brend ekanligini ochiqlay olmaymiz, tushunganingiz uchun rahmat :)
Mijoz talabi:
Oflayn savdoni onlayn kanallar orqali kuchaytirish, marketing va onlayn sotuv tizimini shakllantirish va raqamli nazoratni yo‘lga qo‘yish.
Jarayonda Marketolog, mobilograf, fotograf, SMM menejer, targetolog, grafik dizayner, kopirayter, community menejer va call-markaz menejerlari ishtirok etdi.
Har bir mutaxassis o‘z pozitsiyasidan kelib chiqib harakat qildi — umumiy maqsad esa barqaror onlayn savdo oqimini yaratish edi.
Biznes maqsadlari:
• Tartibli media-marketing tizimini qurish
• Call-markaz joriy qilish va ishlash standartlarini yaratish
• Onlayn buyurtma oqimini barqarorlashtirish
• CRM asosida sotuv jarayonlarini raqamlashtirish
• Faol va umumiy mijozlar bazasini kengaytirish
Tahlil xulosalari:
• Oldingi jamoalar faqat kontent ishlab chiqargan, lekin raqamli natijalar olinmagan
• Qaysi reklama vositasi, sotuv olib kelgani noma'lum bo‘lgan
• Murojaatlar bilan vaqtida ishlanmagan, konversiya juda past bo‘lgan
• Brend nomi yangilangani sababli auditoriya uni hali tanimagan
• Bozorda Uzum kabi marketpleyslar, ulush ola boshlagan. Raqobat kuchaygan
• Raqobatchilar ma’lum mahsulot turlarida ixtisoslashib kuchaygan. Har bir yo’nalishda kichik ammo kuchli o’yinchilar paydo bo’lishni boshlagan.
• Baʼzi mahsulot kategoriyalarida ixtisoslashgan raqobatchilar bozorda kuchaygan edi. Natijada, aynan shu mahsulotlarning sotuvi pasaygan. Biz esa bu mahsulotlar uchun alohida aksiyalar va maqsadli reklama yo‘nalishlarini ishlab chiqdik.
• Uzum va boshqa marketpleyslar shu segmentda faol ulush ola boshlagan edi. Bu raqobatni kuchaytirdi, ayniqsa narx va qulaylik bo‘yicha. Shu sababli marketingda mijoz uchun qadriyatni ochib beruvchi kontent va sodiqlik tizimlariga urg‘u berildi.
• Brend allaqachon bozorda tanilgan edi, biroq nom o‘zgarganidan so‘ng auditoriyaning yangi nomga nisbatan ishonchi hali shakllanmagan — bu reklama va kontent strategiyasida inobatga olindi.
Biz bajargan ishlar
Tadqiqotlar va tahlillar: Maxsus brif, SWOT, bozor hajmi, raqobatchilar tahlili, PESTEL, BCG, 4P va 11P, CustDev, mijozlar bilan kichik suhbatlar, so'rovnomalar.
Strategiya va taktika: SMART konsepsiyasi asosida aniq maqsadlar va ularga olib boradigan harakatlat ketma-ketligi. Har 3 oylik media-marketing harakatlar rejasi (Action plan).
Kommunikatsiya kanallari: Telegram, Instagram, OLX, YouTube, Facebook, Google va Yandex xaritalar, Facebook ads, Telegram ads, SMS xabarnomalar, avto qo’ng’iroqlar, sovuq qo’ng’iroqlar. Flayer, Doorhanger
Analitika: Google sheets, Excel, AmoCRM, Sipuni, Google Looker studio. ROMI, ROAS, CAC, O’rta chek, Media orqali xaridlar soni.
Media va reklama:
• Har oy o‘rtacha 10 ta reels va 15 ta maxsus reklama kontent tayyorlandi
• Facebook Ads va Instagram uchun har oy $400 reklama budjeti yo‘naltirildi
• Telegram kanallarda maxsus reklamalar uchun 100$ reklama budjeti yo‘naltirildi
Call-markaz:
• 2–3 kishilik call operator jamoasi shakllantirildi
• Har bir vazifa uchun standart vaqt, javob shakllari va skriptlar ishlab chiqildi
• Mijozlarga o‘rtacha 24 soatda javob qaytarildi
CRM va tizimlashtirish:
• AmoCRM, Sipuni integratsiyasi va Google Sheets monitoringi joriy qilindi
• Instagram/Facebook/Telegram murojaatlari CRM voronkasiga avtomatik tushadigan qilib sozlandi
• SMS xabarnoma, avtoqo‘ng‘iroq, cashback tizimi va flayerlar orqali ham targ‘ibot qilindi
Natijalar:
• Oyiga buyurtmalar soni: 0–30 tadan 120 taga (o‘rtacha) oshdi
• O‘rtacha buyurtma narxi: 1 100 000 so‘m
• Aktiv mijozlar bazasi: 1 000 dan 10 000 taga oshdi
• Umumiy mijozlar bazasi: Noldan, 30 000+ ga oshdi
• Murojaatlarga javob tezligi: ~90% 24 soatda
• Daromad barqaror +$10,000 oyiga yetdi (oyma-oy o‘sib borgan)
• Mobilograf, YouTube menejer, CRM va IP telefon menejeridan iborat, boshlang’ich/ichki marketing bo’limini qurish boshlandi
Kutilmagan holatlar:
• CRM va IP telefonni joriy qilgan tashqi hamkorlar bilan texnik nosozliklar bo‘ldi, tizimni noldan qayta o‘rnatdik
• Assortiment keng bo‘lgani sababli strategik va taktik fokus qilish qiyinroq bo‘ldi
• Dastlabki natijalar sekin edi, lekin 3-oydan boshlab o‘sish boshlandi
Olingan saboqlar:
• Mijoz bilan aniq kelishuvlar qilish zarur: vaqt, natija, KPI va mas'uliyat chegaralari
• O‘lchanmaydigan jarayonlar uchun javobgarlik olish marketing jamoasi uchun xavfli bo’ladi
• Katta bizneslarda muammolar marketingdan ham muhimroq bo‘lishi mumkin — strukturaviy, ichki jarayonlar, ichki kommunikatsiya, budjetlashtirish …
• Strategik ishlar uchun menejment ko‘nikmalari ham zarur — jamoa bilan ishlash, ichki kommunikatsiya, prioritetni belgilash
Xulosalar:
Bu loyiha biz uchun amaliyotda strategik marketing, analitika, sotuv tizimi va jamoa boshqaruvi bo‘yicha muhim saboqlar berdi. Onlayn marketing orqali 10 oy ichida, o’rtacha/oylik $10,000 daromadga yetishish — tizimli yondashuv, doimiy monitoring va jamoaviy ish samarasi bo‘ldi.
Marketing shunchaki kontent emas — bu raqamlar orqali o‘lchanadigan va boshqariladigan tizim bo‘lishi kerakligini yana bir bor isbotladik! Va bu Surxondaryo marketing tarixidagi saviyali marketing keyslaridan biri bo’ldi deb umid qilamiz!
Jasur Akhmedov 18.05.2025