Qanday qilib qabul mavsumida mijozlarni jalb qila olmadik?
Ta'lim sohadagi biznesning maqsadi: 100+ o‘quvchi qabul qilish
Natija: Taxminan 5ta o‘quvchi
Reja va yondashuv:
1. SMM orqali lead’lar (potensial mijozlar) olish
2. Call center orqali lead’lar bilan ishlash va markaz binosiga taklif qilish
3. Binoda kurslar taqdimoti va qulayliklarni tushuntirish
4. Sotuv – o‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Bir qarashda oddiy strategiya. Ammo jarayonda ayrim kamchiliklar bo'ldi.
Qilingan ishlar:
1. IP telefon o‘rnatdik, qo‘ng‘iroqlarni tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldik
2. Kontentlar tayyorladik va FB ads (Target) orqali reklama ishga tushirdik
3. Lead narxini aniqladik, o‘rtacha 1$
4. Blogerlar orqali reklama qildik va lead’lar oldik
5. Potensial mijozlar bazasini oldik
Raqamlar:
• Lead narxi: 1-1.5$
• Lead’dan binoga kelish konversiyasi: 30%
• Kurs narxi (oyiga): +100$
Bu yerda asosiy muammo konversiya pastligi va real sotuv sonining kutilgandan, ancha kam bo‘lishida.
Xatolar tahlili va saboqlar:
1. Aniq kelishuv qilinmagan
• Kim qaysi vazifaga mas’ul ekanini oldindan aniq yozib olish kerak edi
• Reklama byudjeti oldindan kelishib, ta’minlanishi kerak edi
• Jamoaga zarur xodimlarni oldindan yollab, ularni sinovdan o‘tkazish kerak edi
2. Nazorat imkoni bo‘lmagan qismlarga javobgarlik olingan
• Call center sifati yetarlicha nazorat qilinmagan, bu esa mijozlarning yo‘qolishiga sabab bo‘ldi
• Binoga kelgan mijozlarga xizmatni taqdim qiluvchi jamoa, yetarlicha bilim va tajribaga ega emas edi
3. Biznes bo‘limlari o‘rtasida balans yo‘qligi
• Har qanday ta’lim biznesi muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun quyidagi bo‘limlar balansda ishlashi kerak: Marketing, moliya, sotuv, HR, mahsulot, IT
• Biz faqat marketing va sotuvga e’tibor qaratgan holda, boshqa bo‘limlarni hisobga olmadik
Yechim va kelajakdagi qadamlar:
• Marketing va sotuv jamoasining rollari aniq belgilanishi shart
• Call center uchun malakali xodimlar jalb qilinishi va ularning ishlash sifati nazorat qilinishi shart
• Binoga kelgan mijozlarga xizmat taqdim etuvchi xodimlarni oldindan o‘qitish va sinovdan o‘tkazish shart
• Biznes jarayonlarini raqamlar orqali nazorat qilish – analitika va KPI tizimi joriy etilishi shart
• Har bir kelishuv aniq va yozma shaklda bo‘lishi shart
Yakuniy xulosam:
Ish boshida mijoz bilan do‘stlardek kelishsangiz, ish yakunida dushman kabi xayrlashasiz. Ish boshida dushmanlardek kelishsangiz, ish yakunida do‘stlardek xayrlashasiz.
Kelajakdagi kampaniyalarda natijani oshirish uchun biznes jarayonlarini batafsil tahlil qilish va har bir bo‘limning mas’uliyatini aniq belgilash shart!
Tahlil + Strategiya + Sifatli ijro = Muvaffaqiyatli qabul mavsumi