Termizdagi 90% bizneslarda shu xatolik bor!
Yaqinda bir video ko‘rib qoldim, unda aytilishicha Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimovdan siz kompaniyada nima ish qilasiz deb so‘ralgan.
Va javob "Men xodimlarni to‘g‘ri pozitsiyalarga joylashtirish bilan shug‘ullanaman" bo‘lgan.
Oldinroq Shohbozbek (Shaha) Dolimovni (marketolog) bir intervyuda biznes muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun 3ta odam kerak.
1. Vizioner (Vazifasi: bozorga, trendlarga qarab kelajakda qanday bizneslar aktual bo‘lishini taxminlar qilish)
2. Menejer (Vazifasi: Vizioner bergan g‘oyani tizimli biznesga aylantirish, boshqarish)
3. Bajaruvchi xodim (Vazifasi: Menejer bergan topshiriqlarni a’lo darajada bajarish)
Bu insonlar bir-birlarini to‘ldiruvchilar bo‘lishadi va odatda bir-birlarini o‘rniga vazifalarni yaxshi bajarish olishmaydi. Hamma o‘z xarakteridan kelib chiqqan holda, o‘z pozitsiyasida zo‘rlardan bo‘la oladi.
Bu insaydlardan keyin, Termizdagi o‘zim bilgan 30dan oshiq bizneslar ishlash strukturasini shu formulaga qo‘yib ko‘rdim.
Deyarli hammasida birinchi va uchinchi pozitsiya, ya’ni biznes egasi (vizioner) va topshiriqni yaxshi bajaruvchi xodimlar bor.
Biznes egasida yangi g‘oyalar bor, lekin bu g‘oyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajaruvchi xodimlarga aytilganda, xodimlar g‘oyaga ishonishmaydi yoki qabul qila olishmaydi va ular uchun biznes egasi "Ajoyib xayolparast" bo‘lib ko‘rinadi.
Yakuniy xulosalarim:
1. Asosiy kamchilik g‘oyani tizimli biznesga aylantira oladigan top menejerlar yetishmasligida.
2. Faqat marketing va sotuvni o‘zi bilan bizneslarga yordam berish qiyin vazifa bo‘lib boryapti, mutaxassis sifatida to‘liqroq yechim berishni (moliya, menejment, analitika, IT ...) o‘rganishimiz kerak.